🏢 Viloyat statistika boshqarmasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 4,0 % ni tashkil etgan.
✅ 2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 211,4 mlrd. soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatilgan. Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 24,3 % ga oshgan.
✅ 2023- yilning 1- iyul holatiga koʻra, aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 258 tani tashkil etgan.
✅ Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining tarkibi:
— Telekommunikatsiya xizmatlari – 96,3 %
— Kompyuterda dasturlashtirish boʻyicha xizmatlar – 1,6 %
— Boshqa aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 1,5%
— Axborot xizmatlari – 0,6 %.