🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,8 % ni tashkil etgan.
✅ 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 14,4 trln soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatilgan. Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,9 % ga oshgan.
✅ 2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra, aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 858 tani tashkil etgan.
✅ Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining tarkibi:
— Telekommunikatsiya xizmatlari – 57,8 %
— Kompyuterda dasturlashtirish boʻyicha xizmatlar – 21,3 %
— Axborot xizmatlari – 11,1 %
— Boshqa aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 9,8 %