26/07/2023

     Joriy yilning 26- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida soha xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4551-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-850-sonli qonun hujjatlarining maqsad va vazifalarini keng tadbiq etish maqsadida boshqarma bosh yuristkonsulti A. Murodov tomonidan  seminar tashkil etildi.

     Seminarda boshqarma bosh yuristkonsulti A. Murodov so’zga chiqib, PQ-4551-son qaroriga asosan, konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to’g’risida to’xtalib o’tdi.

     Tadbir davomida O‘RQ-850-sonli qonunining raqobat to‘g‘risidagi umumiy qoidalari, maqsadi,  qo‘llanilish, asosiy prinsiplari bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech