Joriy yilning 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi vakillarining AQShning Vashington shahrida “Ochiq ma’lumotlar sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar” mavzusida treningda ishtirok etganlari natijalari bo‘yicha agentlik vakillari uchun seminar o‘tkazildi.
Seminarda, AQShda o‘tkazilgan trening Oʻzbekistonda ochiq maʼlumotlar tizimini yanada yaxshilash, davlat sektorining ochiqligini va sogʻlom biznes muhitini takomillashtirish maqsadlariga qaratilganligi haqida xabar berildi. YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Open Data Watch tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan texnik yordam bilan 2018-yildan boshlab “Open Data Inventory” (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida O‘zbekiston 48 ballga o‘sdi va bu ODIN tarixidagi eng yuqori o‘sishlardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, treningda olingan bilim va ko‘nikmalar haqida agentlikning mas’ul xodimlariga batafsil ma’lumot berildi.