24/07/2023

Joriy yilning 17-21-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan “Oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

1-img_20230724_122636_439

Ushbu seminarda Armaniston, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan statistika xizmati vakillari ishtirok etishdi.

2-img_20230718_210045_936

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Sanoat statistikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Sanoat ishlab chiqarish sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Karimov, Xizmatlar, transport va axborot infratuzilmasi sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Raximov hamda Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari  Husniddin Mamatmuradovlar ishtirok etishdi.

3-img_20230724_114724_559

Seminarning asosiy maqsadi oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini shakllantirish boʻyicha mamlakatlarning o‘ziga xos tajribalarini o‘rganish hamda  ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

4-img_20230724_114901_064

Tadbir davomida ishtirokchilar oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

5-dsc_5143

Tugmani bosing Tinglash GSpeech