Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida jami 2 260 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
🛒 savdo sohasida – 750 ta
🏭 sanoat sohasida – 426 ta
🚜 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 360 ta
🏨 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 162 ta
🚖 tashish va saqlash sohasida – 99 ta
🏗 qurilish sohasida – 85 ta
📡 axborot va aloqa sohasida – 41 ta
🩺 sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 30 ta
🔸 boshqa sohalarda – 307 ta