11/07/2023

2023-yil 11-iyul kuni Statistika agentligi vakillari va Gruziya milliy statistika  xizmati (Geostsat) xodimlari o‘rtasida tajriba almashish, xususan, statistik biznes registrni tuzish va yuritish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish doirasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

1-7b5a6397

Tadbir davomida Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish  boshqarmasi xodimlari va Gruziya milliy statistika  xizmatining Biznes registr bo‘limi xodimlari o‘rtasida statistik biznes registrni tuzish va yuritish tartibi bo‘yicha o‘zaro muloqot o‘tkazildi.

2-7b5a6411

 Shuningdek, statistik biznes registrni tuzish va yuritishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdagi ilg‘or tajriba va ushbu jarayonda foydalanilgan zamonaviy uslubiyot ham muhokama qilindi.

34

Tugmani bosing Tinglash GSpeech