Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning 1-iyun holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 266 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 14,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 239 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 657 ta
🔸Zarafshon shahri – 329 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 193 ta
🔸Karmana tumani – 487 ta
🔸Konimex tumani – 89 ta
🔸Qiziltepa tumani – 341 ta
🔸Navbahor tumani – 278 ta
🔸Nurota tumani – 255 ta
🔸Tomdi tumani– 90 ta
🔸Uchquduq tumani – 167 ta
🔸Xatirchi tumani – 380 ta