2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, joriy yil 15- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida mutaxassislar uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.
Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi barcha bosqichlar va jarayonlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Matbuot xizmati