Joriy yilning 13- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) missiyasi, JSST Yevropa mintaqaviy byurosi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash sohasidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash statistikasi, demografik ko‘rsatkichlar (tug‘ilish, o‘lim darajasi), migratsiya masalalari, idoralararo axborot almashinuvi va sog‘liqni saqlash sohasida ma’lumotlarni integratsiya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.