14/06/2023

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a5784

Shundan kelib chiqib, joriy yil 13- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7b5a5773

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3-7b5a5767

Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi barcha bosqichlar va jarayonlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

4-7b5a5790

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech