2023- yilning 30-31- may kunlari Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiya a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev ishtirok etdi.
Majlisda kun tartibi bo‘yicha Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining shaxshiy tarkibi, kotibiyati va doimiy ishchi guruhlari, komissiya reglamenti, XMT bilan hamkorlikda 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturini amaliyotga tadbiq qilish chora tadbirlar ijrosining rejasi hamda yangi tahriridagi Mehnat kodeksini amaliyotga qo‘llash borasida tushintirish ishlarining olib borilishi to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.