Joriy yilning 19- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida viloyat yuridik texnikumi tomonidan "Yangilangan Konstitutsiyada inson manfaatlari va ustuvor gʻoyalar" mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat Statistika boshqarmasi rahbariyati, ishchi xodimlar hamda hududiy boʻlimlar ZOOM dasturi orqali ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda yuridik texnikum direktori oʻrinbosari D. Murtazayev soʻzga chiqib, Oʻzbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga inson huquqq va erkinliklari, manfaatlari yuzasidan kiritilgan muhim va dolzarb oʻzgarishlar, masalalar, asosiy yangiliklar hamda muhim yoʻnalishlar haqida ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berib oʻtdi.
Oʻquv-seminar savol-javoblarga boy boʻldi. Xodimlar savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob berildi.