Joriy yilning 19- may kuni Statistika agentligining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`limi boshlig‘i o‘rinbosari Maruf Shodiyev va Protokol xizmati boshlig‘i Komila Maksumova 2023- yilning 9–12- may kunlari Jeneva (Shveysariya) shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan gender statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Maruf Shodiyev va Komila Maksumova yig‘ilganlarni yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, gender statistikasi bo‘yicha daromadlar va ish haqidagi gender tengsizligi, gender va atrof-muhit, ayollarga nisbatan zo'ravonlik ko'rsatkichlarini qayd etish, gender statistikasi uchun yangi ma'lumotlar manbalari, savdo va boshqa mavzular bilan tanishtirdi.
Shuningdek, taqdimot jarayonida xorijiy davlatlarning gender statistikasi boʻyicha ma’lumotlari ham berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.