04/05/2023

2023-yilning 4-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlar malakasini oshirish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.

1-7b5a4197

Statistika agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi S.Mamanov taklif etildi.

2-7b5a4188

Tadbirda dastlab, Statistika agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshligʻi B. Melikmurotov soʻz yuritib, ayni paytda agentlikda korrupsiyaning oldini olish, bunday illatlarga nisbatan jamoada murosasiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida toʻxtalib oʻtdi.

3

Shundan soʻng, S.Mamanov mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. Maʼruzachi yurtimizda korrupsiya holatlarining oldini olish borasidagi soʻnggi paytda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

4

2022-yil yakunlariga koʻra,  davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida toʻplangan barcha koʻrsatkichlar bo‘yicha Statistika agentligi eng yuqori natijaga erishgani alohida ta’kidlandi.

5

Shuningdek, Statistika agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz muhitni yaratish, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

6-7b5a4211

Tadbir soʻnggida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan bergan savollariga atroflicha javob qaytarildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech