2023- yilning 12–13- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida Rossiya statistika Assotsiatsiyasi hamda Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan “Hukumat qarorlari samaradorligini oshirish, iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida MDH statistik hamjamiyatini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilgan edi.
Ushbu xalqaro konferensiyada Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Rossiya, Tojikiston hamda Oʻzbekistonning statistika idoralari vakillari, tadqiqot hamjamiyatlari xodimlaridan iborat mutaxassislar qatnashdi.
Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida mazkur xalqaro konferensiya natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i Xamrayev Zafar Mamasaidovich xalqaro konferensiya natijalari bo‘yicha taqdimot qildi.
Zafar Xamrayev ishtirokchilarga iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirish borasida batafsil ma’lumot berdi.