Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1 085 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
🛒savdo sohasida – 361 ta
🏭sanoat sohasida – 213 ta
🚜qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 167 ta
🏨yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 84 ta
🏗qurilish sohasida – 49 ta
🚕tashish va saqlash sohasida – 45 ta
📡axborot va aloqa sohasida – 26 ta
🩺sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 17 ta
🔸boshqa sohalarda – 123 tani tashkil etgan.