Tabiiy ofatlarning orasida inson hayoti va moddiy boyliklarga eng ko‘p zarar keltiradigan turi bu – kuchli zilzila hodisasi hisoblanadi.
Joriy yilning 18- aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ishchi xodimlarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, zilzilaning kelib chiqish sabablari to’g’risida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida, Zilzila vaqtida uydagi xavfsiz joylarni oldindan belgilab qo‘yish, xonaning asosiy devorlari orasidagi burchagi, ichki eshiklar o‘rni, stol, karavot, stanoklar osti xafsiz bo’lish takidlandi. Yer qimirlaganda uyning eng xavfli joylari – ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar ekanligi aytib o’tildi.