2023-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha 498,5 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 388,1 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 77,9 % ni, fuqarolik ob’ektlari qurilish ishlari 75,4 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 15,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 35,0 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 7,0 % ni tashkil etdi.