🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 506 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 481 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
▪️Navoiy shahri – 710 ta
▪️Zarafshon shahri – 340 ta
▪️G‘ozg‘on shahri – 198 ta
▪️Karmana tumani – 502 ta
▪️Konimex tumani – 124 ta
▪️Qiziltepa tumani – 381 ta
▪️Navbahor tumani – 300 ta
▪️Nurota tumani – 251 ta
▪️Tomdi tumani– 88 ta
▪️Uchquduq tumani – 173 ta
▪️Xatirchi tumani – 439 ta