2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha 13248,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 68,3 % ni tashkil etdi. Ulardan 9075,1 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan o‘zlashtirilib, jamiga nisbatan ulushi 85,2 % ni tashkil etdi.