14/04/2023

Joriy yilning 14- aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida O'zbekiston kasaba uyushmalari Navoiy viloyat kengashi bilan hamkorlikda barcha xodimlar ishtirokida 2022- yil yakuni bo’yicha hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i A. Tashnazarov Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan oxirgi yillarda boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlariga juda katta eʼtibor berilganligi, Kasaba uyushmasiga aʼzolik badallarini 50 foizini boshlangʻich tashkilotlarda qoldirilishi, sanatoriy yoʻllanmalaridan ishchi xodimlar uchun ham foydalanish imkoniyati berilganligi to’g’risida so’z yuritdi.

Yig’ilishda viloyat statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi S. Tuyg’unov 2022- yil davomida boshqarma tomonidan xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar, mehnatiga haq toʻlash, ularga berilgan ish haqi va moddiy yordam, ustamalar, mehnatini muhofaza qilish, yoshlar va ayollar uchun yaratib berilgan imtiyozlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o’tdi.

Shunindek tadbir davomida kasaba uyushmalari Navoiy viloyat kengashi mas’ul xodimi N. Xudoyberdiyeva so’zga chiqib, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ustuvor yo’nalishlari va ular asosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar to’g’risida xodimlarga batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.

Tadbir yakunida xodimlarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech