10/04/2023

joriy yilning 10- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni xususida seminar tashkil etildi.

 Seminarda boshqarma boʻlim boshliqlari hamda barcha xodimlar ishtirok etdi.

Yigʻilishda boshqarma yurist konsulti A. Murodov  soʻzga chiqib, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish boʻyicha izchil choralar koʻrilayotganligi, shuningdek, bir necha yillarki, korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish, sohalarni undan halos etish, uning asoratlarini bartaraf etish maqsadida 10 dan ortiq qonun hujjatlari, davlat dasturlari qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning bevosita asosiga aylanib kelayotganli takidlab oʻtildi.

photo2023-04-1011-52-17
photo2023-04-1011-52-19
photo2023-04-1011-52-16
photo2023-04-1011-52-15

 Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar.

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech