04/04/2023

2023- yilning 30-mart – 6-aprel kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF Bolalar jamg’armasi tomonidan “Multiindikator klaster kuzatuvlari 7-raundi (MICS-7)” mavzusida o‘quv seminari tashkil etilmoqda.

1-photo_2023-03-30_12-08-42-22-photo_2023-03-30_15-06-21

Ushbu xalqaro seminarda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining statistika idoralari vakillari qatnashmoqda.

3-photo_2023-03-30_12-08-42

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Qirg‘izov Dilshodbek Erkinbayevich, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Samadov Shaxboz Baxrom o‘g‘li hamda Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig’i o‘rinbosari Aleshunina Olga Vladimirovna ishtirok etmoqda.

4-photo_2023-03-30_12-49-27

Seminarning asosiy maqsadi Multiindikator klaster kuzatuvlari 7-raundida ishtirok etishni rejalashtirayotgan mamlakatlarning statistika organi xodimlariga MICS 7 raundida kiritilayotgan o‘zgatirishlar va yangiliklar to‘g’risida tajriba almashish, ayollar va bolalarga oid ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

5-photo_2023-03-31_16-26-42

Tadbir davomida ishtirokchilar Multiindikator klaster kuzatuvlari 7-raundi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan maʼlumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishmoqda.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech