31/03/2023

Navoiy davlat pedagogika institutida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida dastlab, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Asliddin Qoʻldoshev “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi yangi qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati, amaliyotga joriy etilayotgan oʻzgarish va tushunchalar haqida ishtirokchilarga batafsil maʻlumot berildi.

Shundan soʻng, Demografiya va mehnat statistikasi boʻlimi boshligʻi Donyor Abdimurodov demografik koʻrsatkichlarning shakllanishi, migratsiya jarayonlari, tugʻilish koeffitsiyentlari, shuningdek, tarmoqlar kesimida oʻrtacha ish haqi koʻrsatkichlarning shakllanishi tartiblari toʻgʻrisida ma’lumot berdi.

Davra suhbati davomida ijtimoiy soha statistikasiga tarkibiga kiruvchi koʻrsatkichlarning shakllanishi, ularning manbalari toʻgʻrisida ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

 Shunindek tadbirda, Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlim boshligʻi Madina Yuldasheva soʻzga chiqib, aholini roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgalik koʻrish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar boʻyicha ma’lumot berib o‘tdi.

Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

  

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech