🏢 Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylari yakuni bilan viloyatimizning tashqi savdo aylanmasi 171,7 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 138,0 % ni tashkil etdi.
✅ Navoiy viloyati jahonning 47 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
✅ TSAning nisbatan salmoqli hissasi Fransiya (35,1 %), Xitoy (13,8 %), Rossiya (13,6%), Qozogʻiston (8,0 %) va Turkiya (6,7 %) qayd etilgan.