2023- yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyati boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 482,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 30,7 %ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida nisbatan yuqori oʻsish hajmi Navoiy shahri (106,9 mlrd. soʻm), Zarafshon shahri (77,3 mlrd. soʻm), Karmana (81,0 mlrd. soʻm), Qiziltepa (56,4 mlrd. soʻm), Xatirchi (52,2 mlrd. soʻm) hamda, Navbahor (37,2 mlrd. soʻm) tumanlarida qayd etilgan.