Joriy yilning 24-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov, Agentlikning tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo’limi mutaxassisi T. Mahamatov bilan Nurota tumaniga borib, hududiy statistika bo’limi registratori A. Ahrorov tomonidan o’tkazilayotgan 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.
Kuzatuv davomida chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan nooziq-ovqat mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumini registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.