2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 23 570 birlikni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida 15 470 birlik korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, bu ularning umumiy sonining 65,8 % ni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,9 % ni tashkil etgan.