Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1- mart holatiga Navoiy viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 290 ta bo‘lib, 2023- yilning yanvar-fevral oyida ushbu sohada 19 ta korxonalar yangi tashkil etilib ularning hammasi kichik biznes subyektlaridir.
Quyidagi hududlarda ushbu sohada yangidan tashkil etilgan korxonalar aks etgan:
⚡️Xatirchi tumani – 7 ta
⚡️Navoiy shahri – 6 ta
⚡️Qiziltepa tumani – 3 ta
⚡️Karmana tumani – 1 ta
⚡️Konimex tumani – 1 ta
⚡️Uchquduq tumani – 1 ta