2022- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 66 685,4 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 5,5 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,0 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 13,9 %), sanoatda 105,7 % (69,3 %), qurilishda 109,3 % (4,0 %) va xizmatlarda 105,2 % (12,8 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 3,4 % ga o‘sdi va 63 832,1 ming so‘mni tashkil etdi.