Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1- fevral holatiga Navoiy viloyatida jami 1 652 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, ular o‘tgan yilning mos davriga (1 716 ta) nisbatan 64 taga kamaygan. Bundan tashqari 2023- yilning yanvar-fevral oyida 38 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 494 ta
🔸Zarafshon shahri – 157 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 6 ta
🔸Karmana tumani – 243 ta
🔸Konimex tumani – 41 ta
🔸Qiziltepa tumani – 252 ta
🔸Navbahor tumani – 182 ta
🔸Nurota tumani – 99 ta
🔸Tomdi tumani– 37 ta
🔸Uchquduq tumani – 47 ta
🔸Xatirchi tumani – 94 ta