2023-yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Statistika koʻrsatkichilarini hisoblash nazariyasi va amaliyoti” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda Statistika agentligi markaziy apparati rahbariyati, xodimlari hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Ilmiy axborot markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab Statistika agentligi direktori Begalov Baxodir Abdusalomovich soʻz yuritib, yurtimizda statistika sohasida soʻnggi paytlarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar hamda ilmiy muassasalar bilan olib borilayotgan hamkorliklar to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Ilmiy axborot markazi bosh ilmiy xodimi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Usmanov Anvar Saidmaxmudovich mavzu yuzasidan taqdimot qildi.
Shuningdek, iqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash usullari, Oʻzbekistonda iqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash tajribasi hamda metodologiyasini takomillashtirish yoʻnalishlari bo‘yicha maʼlumotlar almashildi.
Bu kabi uchrashuvlarni tez-tez oʻtkazib turish va oʻzaro tajriba almashish kelgusida faoliyat samaradoriligi oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.