🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1-mart holatiga Navoiy viloyatida 244 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:
⚡️Rossiya – 34 ta
⚡️Janubiy Koreya – 6 ta
⚡️Qozog‘iston – 7 ta
Bundan tashqari 2023- yilning yanvar-fevral oyida xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning soni esa quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
⚡️Rossiya – 2 ta
⚡️Avstraliya – 2 ta