15/03/2023

🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1-mart holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 608 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,3 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 581 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

🟤 Navoiy shahri – 798 ta

🟤 Zarafshon shahri – 359 ta

🟤 G‘ozg‘on shahri – 187 ta

🟤 Karmana tumani – 481 ta

🟤 Konimex tumani – 129 ta

🟤 Qiziltepa tumani – 432 ta

🟤 Navbahor tumani – 308 ta

🟤 Nurota tumani – 207 ta

🟤 Tomdi tumani– 90 ta

🟤 Uchquduq tumani – 161 ta

🟤 Xatirchi tumani – 456 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech