2023- yilning 15- mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o'rinbosari J. Umarov Zarafshon shahriga borib, shahar statistika boʻlimi registratori F. Nosirov bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha shaharda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi mavjud boʻlib, mazkur platformada savdo majmualari roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan. Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, tovar narxlarini elektron dasturda qayd etadi.