2023- yil 14- mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov Karmana tumaniga borib, tuman statistika boʻlimi mutaxassisi Sh. Pirnazarov bilan birgalikda, 5 narx o’rtacha haftalik kuzatuv bo’yicha savdo nuqtalarida narx-navolarni o’rgandi.
Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi mavjud boʻlib, mazkur platformada savdo majmualari roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan. Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, tovar narxlarini elektron dasturda qayd etadi.