14/03/2023

2023- yilning 14-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A. Qoʻldoshev Konimex tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi mutaxassisi A. Qurbanbayeva bilan birgalikda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.
Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

4
3
2
1

Tugmani bosing Tinglash GSpeech