Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 23 507 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 428 tani tashkil qildi (ulushi 23,1 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
🔸Xatirchi tumani – 1 068 ta
🔸Zarafshon shahri – 891 ta
🔸Navoiy shahri – 826 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
🛒 savdo sohasida – 2 450 ta
🏭 sanoat sohasida – 904 ta
🏨 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 453 ta
🚜 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 409 ta
🏗 qurilish sohasida – 309 ta