2023- yilning 12- mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o'rinbosari J. Umarov Qiziltepa tumanida boʻlib, tuman statistika boʻlimi registratori Z. Turdiyev bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining xizmatlar guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Maʻlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi oʻrnatilgan boʻlib, mazkur platformada har bir kuzatuvlarning oʻtkaziladigan xizmat koʻrsatuvchi obyektlar roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan, Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, xizmat koʻrsatish narxlarini elektron dasturda qayd etadi.