2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2018/2019- oʻquv yili boshiga nisbatan 136 taga koʻpaygan.
Yillar kesimida faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni:
2018/2019-oʻquv yili boshiga – 58 ta
2019/2020-oʻquv yili boshiga – 91 ta
2020/2021-oʻquv yili boshiga – 102 ta
2021/2022-oʻquv yili boshiga – 135 ta
2022/2023-oʻquv yili boshiga – 194 ta