11/03/2023

Joriy yilning 11- mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov Xatirchi tumanida boʻlib, tuman statistika boʻlimi registratori Sh. Primov bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining  xizmatlar guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

Maʻlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi oʻrnatilgan boʻlib, mazkur platformada har bir kuzatuvlarning oʻtkaziladigan xizmat koʻrsatuvchi obyektlar roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan, Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, xizmat koʻrsatish narxlarini elektron dasturda qayd etadi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech