09/03/2023

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7j1a5357

Shundan kelib chiqib, joriy yil 7- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7j1a5358

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3

Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi birinchi 3 ta bosqichi: statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish, ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish va shakllantirish mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

4-7j1a53765-7j1a5398

Tugmani bosing Tinglash GSpeech