2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida 10,6 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Ulardan 889,0 mlrd. so‘m O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 9,7 trln. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar, 43,3 mlrd. so‘m boshqa xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.