2022- yilda Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 15 686,1 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmining 97,6 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi
🔸Xatirchi tumani - 4 606,4 mlrd. so‘m;
🔸Qiziltepa tumani - 3 160,7mlrd. so‘m;
🔸Navbahor tumani - 2 508,9 mlrd. so‘m;
🔸Karmana tumani - 2 166,2 mlrd. so‘m;
🔸Nurota tumani - 1 481,1 mlrd. so‘m;
🔸Konimex tumani - 771,3 mlrd.so‘m.