Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 830 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,6 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 803 taga to‘gri keldi. Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Navoiy shahri – 797 ta
Zarafshon shahri – 362 ta
G‘ozg‘on shahri – 197 ta
Karmana tumani – 584 ta
Konimex tumani – 133 ta
Qiziltepa tumani – 434 ta
Navbahor tumani – 306 ta
Nurota tumani – 268 ta
Tomdi tumani– 89 ta
Uchquduq tumani – 175 ta
Xatirchi tumani – 485 ta