Navoiy viloyatida 2022- yilda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 8 112,6 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 42,6 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 124,7 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Zarafshon shahri (2 367,2 mlrd. so‘m), Karmana tumani (1 515,9 mlrd. so‘m), Navoiy shahri (1 243,2mlrd. so‘m), Xatirchi tumani (875,8 mlrd. so‘m), Tomdi tumani (506,7 mlrd. so‘m), Qiziltepa tumani (451,7 mlrd. so‘m) hamda Navbahor tumani (357,1 mlrd.so‘m) ga qayd etildi.