20/02/2023

🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1-fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 24 565 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 807 tani tashkil qildi (ulushi 23,6 %).

✅Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 1 144 ta

🔸Zarafshon shahri – 892 ta

🔸Navoiy shahri – 841 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔹savdo sohasida – 2 579 ta

🔹sanoat sohasida – 962 ta

🔹yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 491 ta

🔹qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 467 ta

🔹qurilish sohasida – 345 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech