Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga Navoiy viloyati boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 3 403,1 ming taga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,8 %ga koʻpaydi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, parrandalar umumiy sonining 59,6 %i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 27,5 %i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, 12,9 %i – fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.