Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 24 565 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,9 foizga oshganligi va shu bilan birga 91,0 foizini (22 353 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Navoiy shahri – 4 849 ta
Zarafshon shahri – 1 804 ta
G‘ozg‘on shahri – 350 ta
Karmana tumani – 3 721 ta
Konimex tumani – 1 021 ta
Qiziltepa tumani – 3 274 ta
Navbahor tumani – 2 621 ta
Nurota tumani – 1 700 ta
Tomdi tumani– 645 ta
Uchquduq tumani – 1 037 ta